Do‘kon uchun sun’iy intellekt

Mavjud kameralaringizniaqlli tahlilga aylantiring.

Do‘koningizdagi Windows kompyuterga 10 daqiqada o‘rnatiladi: mijozlar soni, kassa navbati va xavfsizlikni Telegram hamda panelda kuzatasiz. Video kompyuteringiz va NVR’da qoladi.

4 kamera qabul profili Hikvision · Dahua · Uniview NVR Video NVR’da qoladi
Savdo do‘konida mijozlar va kameralar tahlili
Jonli AI tahlil · Telegram alertlar

Bitta oddiy tarif

Chaqimchi Lite

Hammasi ichida — yashirin qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q.

Bog‘lanish

Raqamingizni qoldiring

Paket tanlagan bo‘lsangiz — narxni tasdiqlab, o‘rnatishni kelishamiz. Kompyuteringiz bo‘lmasa ham yozing: vaziyatingizga mos yechim taklif qilamiz.

Telegram: @fibotai · Abdulvosit Zokirjonov Bot orqali: Telegramda boshlash Video sizda: cloudga faqat hodisa va qisqa kliplar boradi

Ko‘p beriladigan savollar

Savollaringiz bormi?

Mavjud kompyuterimga o‘rnatsam bo‘ladimi?

Ha. Windows 10/11 ishlayotgan kompyuter bo‘lsa yetarli: dasturni yuklab olasiz, Keyingi → Keyingi → Tayyor, so‘ng brauzerda kamerani ulaysiz. Butun jarayon 10 daqiqa. Qadam-baqadam yo‘riqnoma.

Agar kompyuterim bo‘lmasa-chi?

Raqamingizni qoldiring — vaziyatingizga qarab yechim taklif qilamiz: mavjud texnikangizni moslash yoki tayyor qurilma bilan o‘rnatib berish.

Kameralarni almashtirish shartmi?

Odatda yo‘q. Kamerangiz yoki NVR’ingiz lokal tarmoqda RTSP oqim bersa, tizim shu oqim bilan ishlaydi. Sinovdan o‘tgan qurilmalar: Hikvision, HiLook, Dahua va Uniview NVR’lari. Boshqa brendlar ham ishlashi mumkin — ulanishdan oldin bepul tekshirib beramiz.

Video yozuvlar qayerda saqlanadi?

To‘liq video arxiv sizning shaxsiy NVR yoki kompyuteringizda qoladi. Cloudga faqat aniqlangan hodisalar statistikasi va qisqa video parchalar xavfsiz shifrlangan holda yuboriladi.

Qanday to‘layman? Keyin bekor qilsam-chi?

Payme yoki Click orqali kartadan, naqd yoki bank o‘tkazmasi bilan. Majburiy uzoq muddatli shartnoma yo‘q — oylik to‘lovni to‘xtatsangiz kifoya. Obuna tugagach tizim yana 14 kun ishlaydi, shu vaqtda hisobotlaringizni yuklab olasiz.